Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi boʻyicha navbatdagi hamkorlik
Joriy yilning 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakillari bilan sohada malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgan taʼlim va ilm-fan sohasida innovatsion hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuv soʻngida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Toshkent moliya instituti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.
Memorandumga koʻra, Qoʻmitaning Markaziy apparati va hududiy organlarida talaba-yoshlar uchun amaliyot va stajirovka (internship)larni tashkil etish, ish bilan taʼminlash, birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish kabi qator masalalar belgilandi.